Savol-javob

Eng ko'p so'raladigan savollar.

Premyera qanday o'tadi?

Belgilangan vaqtda premyera boshlanadi. Keyin kirgan odam kirgan joyidan ko'raveradi, boshidan boshlash shart emas. Yonida jonli chat bor, izohlar va emojilar ekranda suzib chiqib, yo'qolib ketadi.

Premyerani o'tkazib yuborsam nima bo'ladi?

Ko'rsatuv har kuni takrorlanadi. Keyingi vaqtni Premyeralar jadvalidan ko'rasiz.

Premyeraga kirish uchun ro'yxatdan o'tish kerakmi?

Ha, premyera xonasiga, chatga va ovoz berishga Telegram yoki Gmail orqali kirgan odamlar kiradi. Bu bir bosishda bajariladi, parol kerak emas.

Telefonda ishlaydimi?

Ha, sayt telefon va kompyuterda ishlaydi. Premyerani to'liq ekranda ham ko'rish mumkin.

Reklama bo'ladimi?

Keyinchalik premyera oldidan qisqa, taxminan 10 soniyalik reklama bo'lishi mumkin. U jamoaning ishini qo'llab-quvvatlaydi.

Keyingi dublyajni kim tanlaydi?

Siz. Ovoz berish sahifasida eng ko'p ovoz olgan dublyajni jamoa keyingi premyerada tayyorlaydi.

Jamoaga qanday qo'shilaman?

Jamoa sahifasidagi tugma orqali Telegramda yozing. Ovoz berish, tarjima va montaj uchun yangi odamlar kerak.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing